Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Tehron shahrida Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ma'lum qilinishicha, tomonlar O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi darajasi, turli sohalardagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar masalasiga e'tibor qaratildi.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Eronning afg‘on inqirozini hal qilish borasidagi sa'y-harakatlarini, Afg‘onistonda turli infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishga ustuvor ahamiyat qaratdi.
Eron tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishga faol hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:58 / 21.05.2025