Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh va Xitoy gipertovushli qurol sinovidan nechtadan o‘tkazganini ma'lum qildi
AQSh qurolli kuchlari oxirgi 5 yil davomida gipertovushli qurol sinovidan 9 ta o‘tkazgan bir vaqtda, Xitoy yuzlab bunday sinovlarni amalga oshirgan. Bunday ma'lumotlarni AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari general Djon Xayten harbiy sharhlovchilar Vashington guruhiga ma'lum qildi.
Biroq Xayten Xitoy o‘tkazgan sinovlar haqidagi ma'lumot maxfiy ekanini aytib, sinovlarning aniq sonini oshkor qilmagan.
U, shuningdek, Xitoy iyulda sinovdan o‘tkazgan va past orbita bo‘ylab Yer sharini aylanib chiqqan gipertovushli uchish qurilmasi haqida AQShda mavjud bo‘lgan ma'lumotlarni oshqor qilishdan bosh tortgan. Avvalroq AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli ushbu sinovlar Vashingtonni o‘z vaqtida sobiq ittifoq dunyoda birinchi bo‘lib sun'iy yo‘ldoshni fazoga uchirgan vaqtdagidek kuchli ajablantirganini tan olgan.
“Yaqinda o‘tkazilgan sinovlar haqida ma'lumot bera olmayman, chunki men bilgan barcha axborot maxfiylashtirilgan. Ushbu sinov bizda katta xavotir uyg‘otdi. Biroq tafsilotlarni bo‘lisha olmayman, chunki mendagi barcha ma'lumotlar razvedka tomonidan taqdim etilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Xayten.
2 haftacha avvalroq Financial Times nashri o‘z manbalariga tayanib Xitoy iyul oyida gipertovushli raketa sinovini o‘tkazgani, u nishonni urishdan oldin butun sayyorani aylanib chiqqani haqida xabar bergan. Biroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan ushbu ma'lumotni rad etib, sinovdan raketa emas, balki kosmik qurilma o‘tkazilganini ma'lum qilgan.
Gipertovushli qurol atmosferada 6120 km/soat yoki undan yuqoriroq tezlik bilan ucha oladigan raketa quroli hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025