Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvni tejash uchun subsidiya ajratiladi
Prezidentning "Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida paxta xomashyosini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish orqali suv tanqisligining salbiy ta'sirini yumshatishga qaratilgan.
2-ilovaning "III. Subsidiyalar miqdorlari" bobi 2-bandiga asosan suvni tejaydigan texnologiyalar va lazerli tekislashni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari uchun 12 000 ming so‘m etib belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda "sprinkler" tizimlari uchun 9 000 ming so‘m etib belgilanadi.
Tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari bilan birgalikda joriy qilingan taqdirda lazerli tekislash uchun subsidiya mablag‘lari ajratilmaydi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025