Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Anqarani tanqid qilgan elchilarni Respublika kuni tantanalariga taklif qilmadi - OAV
Ma'muriyat taklifnoma bermagani uchun AQSh, Germaniya, Daniya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Finlandiya, Fransiya va Shvetsiya elchilari tadbirda ishtirok etmagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarani tanqid qilgan 10 mamlakat elchilarini Respublika kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirga taklif qilmadi. Bu haqda Haberturk telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bayram tantanalarining rasmiy tabrik qismi Anqaradagi prezident saroyida bo‘lib o‘tgan. U yerga siyosatchilar, deputatlar, hukumat a'zolari, mansabdorlar, ishbilarmon doiralar vakillari va diplomatlar taklif etilgan. Ammo ma'muriyat taklifnoma bermagani uchun AQSh, Germaniya, Daniya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Finlandiya, Fransiya va Shvetsiya elchilari tadbirda ishtirok etmagan.
Avvalroq Turkiya prezidenti bu davlatlar elchilarini mamlakat sudi ishlariga aralashishgani uchun tanqid qilgandi.
Ular Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.
Keyinroq AQSh va boshqa mamlakatlar elchixonalari elchilarning boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025