Jahon | 09:07 / 29.10.2021
6062
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova Ukrainadan gaz sotib oladigan bo‘ldi

Moldova Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. 28 oktyabr kuni o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlangan.

Foto: Gleb Garanich / Reuters

Moldova hukumati Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi bilan 1,5 million kub metr gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ma'lumot berilishicha, e'lon qilingan tenderda «Naftogaz» o‘z taklifi bilan g‘olib chiqqan. Kishinyov 29 oktyabrdan boshlab gaz olishi kutilmoqda.

Avvalroq Moldova gaz quvurida bosim pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va yonilg‘i yetishmovchiligini to‘ldirish uchun har kuni xalqaro bozordan oz hajmda gaz sotib olishga qaror qilgandi. Energocom davlat kompaniyasi kunlik tenderlarni e'lon qilib boradi. Hafta boshida ilk tenderni Polshaning PGNiG kompaniyasi, keyingi tenderlarni esa Gollandiyaning VIrol, xalqaro DXT Commodities va PGNiG kompaniyalari yutib olgandi.

Shu bilan birga, Moldova Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. 28 oktyabr kuni o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlangan.

Avvalroq Moldovada gaz yetishmovchiligi tufayli energetika sohasida favqulodda holat e'lon qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid