Jahon | 18:23 / 29.10.2021
3626
2 daqiqa o‘qiladi

Myanmada Aun San Su Chjining yordamchisi 20 yilga qamaldi

Vin Txeyn 4 fevralda hibsga olingandi. U Aun San Su Chji rahbarlik qilgan "Demokratiya milliy ligasi" hukmron partiyasi a'zosi bo‘lgan.

Foto: AP

Myanma sudi sobiq davlat maslahatchisi Aun San Su Chjining yordamchisi Vin Txeynni davlatga xiyonati uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

"Vin Txeyn maxsus sud tomonidan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi", - deya Vin Txeynning advokati so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.  

Vin Txeyn 4 fevralda hibsga olingandi. U Aun San Su Chji rahbarlik qilgan "Demokratiya milliy ligasi" hukmron partiyasi a'zosi bo‘lgan.

Myanmada harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini 2020 yil noyabrda o‘tgan saylovlardagi firibgarliklarda ayblab, hokimiyatni egallab olgandi. Mamlakat prezidenti Vin Min va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji o‘z lavozimlaridan chetlatilgandi.

Aun San Su Chji isyonga da'vat qilish, import-eksport to‘g‘risidagi, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish va korrupsiyada ayblangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid