Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Lacetti mashinasidan 4 million o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Lacetti mashinasidan 4 million o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kitob tumani «Bog‘bon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.N. o‘ziga tegishli Lacetti mashinasini Shahrisabz shahridagi savdo do‘koni oldida, yo‘l chetida qoldirib, ichkariga kirgan. Shu payt noma'lum shaxs mashina salonidan 4 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Olib borilgan tergovga qadar surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘rilikni Shahrisabz shahar «Yashil diyor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.Sh. sodir etgani aniqlangan. Undan ashyoviy dalil sifatida 1 million 246 ming so‘m pul hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025