Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaharlararo elektropoyezdlarning harakat jadvali o‘zgardi
Joriy yil 29 oktyabrdan boshlab, Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent va Toshkent-Bekobod-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo elektropoyezdlar harakat jadvali o‘zgartiriladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, Toshkent -Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanadigan 6435-sonli elektropoyezd 29 oktyabrdan soat 13:44da harakatlanadi.
Shuningdek, Xo‘jakent-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 6436-sonli elektropoyezd soat 16:20da harakatlanadi.
Bundan tashqari:
- Toshkent - Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanadigan 6437-sonli elektropoyezd soat 17:00da;
- Bekobod-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 6449-sonli elektropoyezd soat 06:55da;
- "Toshkent-Bekobod" yo‘nalishida harakatlanadigan 6450-sonli elektropoyezd 2 noyabrdan boshlab, Xovos stansiyasigacha amaldagi jadval bo‘yicha, Xovos stansiyasidan soat 19:37da harakatlanadi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 17.05.2025
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
20:26 / 28.03.2025
Gulistondan Chinorkentga shaharlararo tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
18:14 / 28.02.2025