Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tadbirkorlik sub'yektiga elektr energiyadan hisoblangan asossiz qarz bekor qilindi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tadbirkorlik sub'yektiga elektr energiyadan hisoblangan asossiz qarz sud qarori bilan bekor qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Uzun tumanida faoliyat olib boradigan «Agrotex Agroinvest» MChJ prokuratura organlariga murojaat qilib Uzun tumani elektr ta'minoti korxonasi 365 million so‘m asossiz qarz hisoblayotganini bayon qilgan.
Tadbirkorlik sub'yektining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokuratura tomonidan ushbu murojaatni hal qilish yuzasidan alohida nazorat o‘rnatilgan.
Murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlarda aniqlanishicha, da'vogar Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasining Uzun tumani elektr ta'minoti korxonasi manfaatida javobgar «Agrotex Agroinvest» MChJdan 365 million 647 ming 700 so‘m asosiy qarzni undirish haqidagi da'vo arizasi Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 3 avgustdagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan.
Tadbirkor ushbu sud qaroridan norozi bo‘lib prokuraturaga qilgan murojaati asosida sud qarori qonuniyligi o‘rganilib, sud qarorini bekor qilish yuzasidan apellyatsiya protesti keltirilgan.
Protest Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atida ko‘rilib, qanoatlantirilgan va birinchi instansiya sudining qarori bekor qilingan. Natijada, tadbirkorlik sub'yektidan asossiz hisoblangan qarzdorlik va boshqa to‘lovlarni undirish olib tashlangan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
12:04 / 05.04.2025