Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya diplomatik vakolatxonalarining 50dan ziyod xodimini chiqarib yuboradi
Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yil oxiridan buyon AQSh turli bahonalar bilan yuzdan ortiq rossiyalik xodimlar va ularning oila a'zolarini mamlakatdan chiqarib yuborgan.
Yaqin oylar ichida AQSh Rossiyaning 55 nafar diplomati va ma'muriy-texnik xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
“Hozirda Rossiyada amerikaliklardan 130 kishi ishlayapti, bizning Vashingtondagi missiyamiz va Nyu-York hamda Hyustondagi bosh konsulxonalarimizda 200 dan kamroq kishi bor. Vashington talabi bilan 55 nafar diplomat va ma'muriy-texnik xodimlarimiz yaqin oylar ichida AQShni tark etishi lozim”, – dedi Zaxarova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2016 yil oxiridan buyon AQSh turli bahonalar bilan yuzdan ortiq rossiyalik xodimlar va ularning oila a'zolarini mamlakatdan chiqarib yuborgan.
Avvalroq AQSh Senati prezident Jo Baydenni Moskvadagi elchixona shtatini ko‘paytirish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish, Rossiya hukumati yon bermaydigan bo‘lsa, 300 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025