Shahram G‘iyosov jahon chempionatini tark etdi, Halokov davom etadi
Jahon chempionatida O‘zbekiston boks jamoasining yana bir nomdor vakili yurishini erta to‘xtatdi.
29 oktabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh—2021 ning beshinchi kungi bahslari doirasida yana ikki o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi.
-60 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov makedoniyalik Jasin Lyamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchala raundda ustunlik ko‘rsatgan Halokov ishonchli g‘alabaga erishdi (5:0) va 1/8 finalga yo‘l oldi.



-71 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi. Shahram qozog‘istonlik bokschiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.



Ma'lumot uchun, bu Shahramning 4 yillik tanaffusdan so‘ng havaskor boksdagi ilk jangi edi. Tokio Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Serbiyadagi turnir arafasida O‘zbekiston jamoasi tarkibi yangilanib, G‘iyosov va Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov tarkibga qaytarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston boks jamoasi turnirga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgan. Bungacha 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazgandi. Halokovdan tashqari, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (ikkita jang), Saidjamshid Ja'farov, Odiljon Aslonov, Lazizbek Mullajonov, Shahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov ishtirokini davom ettirmoqda, Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov musobaqani erta tark etdi.
30 oktabr kuni ringga chiqadigan bokschilarimiz:
- -48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Rikki Nesbitt (Irlandiya) (16:10dan so‘ng)
- -80 kg: Odiljon Aslonov - Simone Fiori (Italiya) (19:00dan so‘ng)
- -63,5 kg. Mujibullo Tursunov - Tayga Imanaga (Yaponiya) (21:55dan so‘ng)
- -75 kg. Saidjamshid Ja'farov - Yuito Marivaki (Yaponiya) (23:30dan so‘ng)
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

09:49 / 01.08.2024
Shahram G‘iyosov professional boksdagi 16-jangida ham g‘alaba qozondi

09:04 / 25.02.2024