Jahon | 18:16 / 30.10.2021
2617
1 daqiqa o‘qiladi

G20 mamlakatlari yetakchilari global isishga qarshi kurashishni muhokama qiladi

G20 mamlakatlari rahbarlari noqonuniy baliq ovlash va yovvoyi hayvonlarni sotishga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rishni rejalashtirgan.

Foto: Reuters

Rimda bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik sammitda G20 mamlakatlari rahbarlari iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishni faollashtirishlarini ma'lum qiladi. Bu haqda ularning bayonoti loyihasiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular global isishni yiliga 1,5 darajagacha cheklashga urinish hamda asr o‘rtalariga borib atmosferaga uglerod ajralib chiqishini butunlay to‘xtatishga erishishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, G20 mamlakatlari yetakchilari noqonuniy baliq ovlash va yovvoyi hayvonlarni sotishga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rishni rejalashtirgan.

Buyuk Britaniya va Yevroittifoq 2030 yilga borib uglerod ajralib chiqishini 50 foizdan ortiqroqqa qisqartirish majburiyatini olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid