Jahon | 10:43 / 30.10.2021
4418
4 daqiqa o‘qiladi

IKEA qanday qilib xaridorlarni ko‘proq pul sarflashga majbur qiladi?

Kompaniyaning yillik savdo hajmi 50 mlrd dollarga teng, uning katta qismi esa oldindan rejalashtirilmagan xaridlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters

The Hustle jurnalisti Trung Fan IKEA kompaniyasi savdo hajmi yuqori bo‘lishining sabablari haqida fikr yuritdi.

Mebelni yig‘ilmagan holda sotadi

Bundan ko‘zlangan maqsad – uni mijozlarning o‘zi yig‘ishi. Harvard instituti 2011 yilda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamlar o‘zi yig‘gan buyumlarni ko‘proq qadrlaydi. Buning uchun esa hatto 63 foiz ko‘proq haq to‘lashga ham tayyor. Bu “IKEA effekti” deb ataladi, deb yozadi Fan.

Do‘kon xaridori /Foto: campaignasia.com

Shahar chetida do‘konlar ochadi

Uzoq yo‘ldan keyin vaqt behuda ketmasligi uchun odamda yana nimadir xarid qilish istagi paydo bo‘ladi.

Kompaniya do‘koni

Xarid vaqtini ortga suradi

Do‘konda seksiyalar joylashuvi ham ongostiga ta'sir ko‘rsatadi: dastlab intererning 50 dan ortiq namunalari namoyish etilgan ko‘rgazma zalidan o‘tish kerak. Savdo zaligacha bo‘lgan masofa 1 km.dan ortiq. Va nihoyat, xarid – bosib o‘tilgan masofa uchun mukofot.

Do‘kon xaritasi

Do‘konni labirintga aylantiradi

O‘tish joylari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, zallar xaridor barcha tovarlarni ko‘rib turishiga moslab qurilgan. Labirintdan o‘tish ham xaridlar ahamiyatini oshiradi.

Xarita

Polga ko‘rsatkich belgilarini chizib qo‘yadi

Do‘konning o‘zi xaridorga qayerga borishni ko‘rsatib beradi. Bu esa insonni ruhiy jihatdan qurolsizlantiradi va navbatdagi xarid sari boshlaydi.

Do‘kondagi ko‘rsatkich belgi

Ko‘rgazma zallarida kazinodagi kabi derazalar yo‘q

Xaridor vaqt va muhit hissini yo‘qotib, bor e'tiborini xaridga qaratadi.

Atrofga kichik narsalarni joylashtiradi

Qimmat tovarlar yonida kichik buyumlar arzondek tuyuladi, hattoki arzon bo‘lmasa ham. Do‘kon labirinsimon bo‘lgani uchun xaridor tovarni bu joyga qaytib kelmasam kerak degan fikrda xarid qiladi. Mana shunday turtki bilan amalga oshirilgan bir xarid ikkinchisiga ulanib ketadi.

Mijozlarga xaridlar ro‘yxatini tuzib olishni taklif qiladi

Bu muhim narsalarni esdan chiqarmaslikka yordam beradi. Lekin bu yerda boshqa hiyla ham bor: odam doimo ro‘yxatdagi barcha narsalarni xarid qilishni istaydi.

Ro‘yxat tuzish uchun qalam va bloknotlar

Do‘konda qahvaxona ochadi

U yerda xaridorlar dam olishadi va xaridlar haqida suhbatlashadi. Odamlarning do‘konda uzoqroq qolishlari muhimroq. Qahvaxona kompaniya uchun qo‘shimcha pul ishlash manbayi: IKEA yiliga 1 mlrd donadan ko‘proq frikadelka sotadi.

“Och qoringa biznes qila olmaysiz”

Ingvar Kamprad, IKEA asoschisi

Oddiy qadoqdan foydalanadi

IKEA kompaniyasining demokratik dizayni va skandinavcha minimalizm estetikasi hatto o‘ramlarda ham mavjud. Mustaqil yig‘ish narxni pasaytiradi, biroq xaridor ko‘z o‘ngida uning ahamiyatini oshiradi. Natijada bu muvaffaqiyatli xarid sifatida qabul qilinadi.

Hamma joyga ko‘zgular joylashtiradi

Bu ijobiy hislar uyg‘otish maqsadida qilinadi. Trung Fanning yozishicha, do‘konlardagi ko‘zgular ham bir hiyla: odamlar narsissizmga moyil bo‘lib, o‘z akslaridan ko‘z uza olmaydi.

Kassalar yonida dolchinli bulochkalar sotadi

Hid xotiralarni uyg‘otadi va u assotsiativ xotiralar bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun IKEA xarid uchun yoqimsiz bo‘lgan to‘lov fursatini pishiriqlarning tinchlantiruvchi isi bilan bog‘laydi.

Vc.ru  saytidan olindi.

Mavzuga oid