Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 4ta oliy ta'lim muassasasi Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga a'zo bo‘ldi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
26 oktabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turk dunyosi universitetlari ittifoqining V bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Rektorga ko‘ra, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadagi 32ta oliy o‘quv yurti rektorlari, olimlar hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda «O‘rxon» mobillik dasturi masalalari muhokama qilingan.

«Bosh Assambleyada shuningdek, Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga O‘zbekistonning bir qator universitetlari a'zo bo‘ldi. Bular Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Qo‘qon universiteti.
Bu assambleyaga a'zo bo‘lish esa mushtarak tariximiz, adabiyotimizni, manbalarimizni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Talabalar almashuvi, o‘qituvchilarning malakasini oshirishda turli ta'lim va fan bo‘yicha loyihalar, dasturlarida ishtirok etib, birgalikda rivojlanish uchun sharoit yaratadi», – dedi Gulchehra Rixsiyeva.
Ma'lumot uchun, Turk dunyosi universitetlari ittifoqi kengashi 2013 yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40dan ortiq a'zosi bor.
Mavzuga oid
01:10 / 28.12.2024
«Qarorlari majburiy kuchga ega emas» - Oliy ta’lim vazirligi nodavlat OTMlardan pul so‘ragan kengash haqida
16:27 / 11.12.2024
Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
11:58 / 17.11.2024
“Ko‘nikolmay karavotdan tushib ketgan” - talabalar yotoqxonasidagi sarguzashtlar
15:21 / 25.09.2024