Jahon | 12:19 / 31.10.2021
5675
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 3D-printerda bosiladigan yuzlab uylardan iborat tuman barpo etiladi

Texas shtatining Ostin shahrida 3D-printerda bosiladigan yuzlab uylardan iborat tuman barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu loyiha dunyoda ushbu turdagi eng yirik loyiha bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: ICON

Loyiha ustida Lennar Group va Texasda 7 kun ichida 3D-printerda bosilgan kottejlardan iborat ko‘chani va Marsdagi hayotni imitatsiya qiluvchi astronavtlar yashash joyi Mars Dune Alpha’ni barpo etgan ICON kompaniyalari hamkorlik qilmoqda.

Loyiha ustida ishlar 2022 yilda boshlanadi. Buning uchun Lavacrete (beton qorishma) deb nomlangan qurilish materiali va soniyasiga 25,4 sm (10 dyuym) tezlikda bosuvchi robotlashtirilgan tizim qo‘llanadi.

Foto: ICON

ICON bosh direktori Jyeyson Ballardning ta'kidlashicha, AQShda 5 mlnta yangi uyga ehtiyoj mavjud bo‘lib, uning kompaniyasi bu uylarni “sifat, barqarorlik va nafislikka zarar yetkazmagan” holda tez sur'atlarda qura oladi.     

Ostinda yangi tumanni loyihalashtirish bilan arxitektorlar va dizaynerlar jamoasi shug‘ullanmoqda. Uylar bir oilaga mo‘ljallanadi va har bir uy boshqasiga o‘xshamagan bo‘ladi.

Foto: ICON

Bundan tashqari, uylar energiya samarador bo‘ladi va ularning qurilishi jarayonida kam chiqindi chiqadi. Uylarda fotoelektrik tomlar o‘rnatiladi, buning evaziga ular markazlashgan energiya ta'minotidan mustaqil bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid