Jahon | 23:29 / 31.10.2021
9859
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenkoning Minskdagi tartibsizliklar vaqtidagi avtomati ko‘rgazmaga qo‘yildi

Belarus prezidentining qarorgohi – Mustaqillik saroyidagi ko‘rgazmada davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 2020 yil avgustda Belarusdagi norozilik namoyishlari vaqtida o‘zi bilan olib yurgan avtomat paydo bo‘ldi.

Foto: State TV and Radio Company of Belarus

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan buyumlar surati Lukashenko matbuot xizmati bilan bog‘langan “Pul pervogo” telegram-kanalida e'lon qilingan. “Pul saroy bo‘ylab kelasi ekskursiyasi vaqtida esdalikka suratga tushish uchun qayerda navbat bo‘lishini biladi”, deb aytilgan xabarda.

Avtomatdan tashqari muzey eksponatlari orasida OMON kiyimi va ramzi, “Batka uchun” (Za Batku) yozuvi bo‘lgan milliy bayroq va maxsus kuchlar topshirgan haykalcha bor.

Biroq ko‘rgazmaning markaziy elementi xavfsizlik xizmati xodimlaridan birining qizi tomonidan Lukashenkoga 1 sentyabrda tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan surat bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, ushbu suratni yaratishga 6 oy ketgan.

“Men va Kolya (Lukashenkoning o‘g‘li) avtomat bilan yugurib yurgan vaqtimiz”, deb izoh bergan suratga o‘shanda Belarus prezidentining o‘zi va “Bu hayotimdagi muhim lahza bo‘lgan” deb qo‘shimcha qilgan. “Men san'at borasida mutaxassis emasman, biroq bu surat menga yoqdi”, deb ta'kidlab o‘tgan davlat rahbari.

Foto: Telegram /pul_1
Foto: Telegram /pul_1

Suratda 2020 yil 23 avgustdagi tartibsizliklar vaqtida Lukashenko o‘g‘li bilan Mustaqillik saroyiga vertolyotda uchib kelgandan keyingi holat tasvirlangan. O‘shanda ota-bola Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan bo‘lgan.

“Belta” davlat agentligining xabar berishicha, ko‘rgazma Belarusda prezident saylovlaridan keyin yuz bergan voqealarning bir yilligiga bag‘ishlangan.

Mavzuga oid