Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada g‘or o‘pirilishi 9 qutqaruvchining hayotiga zomin bo‘ldi
Braziliyaning Altinopolis munitsipalitetidagi Duas Bokas g‘oridagi o‘pirilish oqibatida 9 nafar o‘t o‘chiruvchi-qutqaruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda San-Paulu shtati gubernatori Doao Doria Twitter’da ma'lum qildi.
Fojia vaqtida San-Paulu shahridan 3300 km uzoqlikda joylashgan g‘orda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan bo‘lgan. O‘pirilish ostida 10 kishi qolgan, biroq ulardan birini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
“San-Paulu qutqaruvchilari Altinopolisdagi qidiruv-qutqaruv ishlarini yakunlashdi. Ushbu fojiada halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, deb yozgan Doria.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025