O‘zbekiston | 08:56 / 01.11.2021
3504
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Makedoniya bosh vaziri saylovlarda o‘z partiyasining mag‘lubiyatidan keyin iste'foga chiqdi

Shimoliy Makedoniyaning eng yirik muxolif partiyasi VMRO-DPMNe mamlakatda o‘tgan mahalliy saylovlarning 2-bosqichida ko‘plab hududlarda g‘alaba qozondi. Bosh vazir Zoran Zayev o‘zining SDSM partiyasi mag‘lubiyatini tan olib, iste'foga chiqishga ariza berdi.

Foto: AP

“Ushbu natija uchun javobgarlik to‘liq mening zimmamda. Shu sababli men bosh vazir va Sotsial-demokratik ittifoq yetakchisi lavozimlaridan iste'foga chiqmoqdaman”, deb ma'lum qilgan Zayev matbuot anjumanida. U navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishiga qarshi chiqqan.  

AP axborot agentligining xabar berishicha, saylovlarning rasmiy natijalari hali e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, bosh vazir o‘z partiyasining poytaxt Skope meri uchun saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan olgan. VMRO-DPMNe tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi nomzodlarning yarmi 80 ta munitsipalitetning yarmida, hukmron partiya SDSM esa 20 tadan kamroq hududda g‘alaba qozongan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda o‘tgan avvalgi saylovlarda SDSM 57 ta, VMRO-DPMNe esa 5 ta munitsipalitetda g‘alabaga erishgan.

Mavzuga oid