O‘zbekiston | 09:15 / 01.11.2021
1540
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yer sotishini aytib fuqaroning 29 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer sotishini aytib fuqaroning 29 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 oktabr kuni Bandixon tumanida yashovchi, S.S. Denov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, 2019 yil avgust oyida, o‘ziga tanish bo‘lgan, Denov tumanida yashovchi, N.J. o‘ziga tegishli 5 sotix yerni 30 million so‘mga sotishini va hujjatlashtirib berishini va'da qilib, jami 29 million so‘m pullarni olgan. So‘ng ushbu 5 sotix yerni S.S.ning nomiga hujjatlashtirib bermasdan, pullarini o‘zlashtirib ketgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 14 oktabr kuni Denov tumani IIB tomonidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid