Jahon | 08:02 / 02.11.2021
4863
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Qrim va Donbassni «Yevropa markazidagi ekologik bombalar» deb atadi

Ukraina prezidenti Rossiyani iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini bajarmaslikda aybladi.

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Glazgodagi ekologiya bo‘yicha sammitda qilgan chiqishida Qrim va Donbassni «Yevropa markazidagi ekologik bombalar» deb atadi.   «O‘ziga xos hayvonot va o‘simlik dunyosiga ega Qrim Rossiyaning harbiy-dengiz bazasiga aylandi, Donbassning bir qismida esa - shaxtalar suv ostida, tuproq eroziyasi va ichimlik suvi yetishmovchiligi», — dedi Zelenskiy.Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki hudud dunyo uchun tahdid uyg‘otadi.

Zelenskiy shuningdek, Rossiyani iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini bajarmaslikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya poytaxti Glazgoda 31 oktyabr kuni iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan sammit o‘z ishini boshladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid