Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin markazi Pishog‘arga ko‘chirilmaydi, Pishog‘arning o‘zi obod qilinadi – Shavkat Mirziyoyev
Aholini sifatli uy-joy bilan ta'minlash hamda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokama qilingan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyevga alohida topshiriq berdi.
“Soliyev, Zominda yashovchilarga tushuntirib qo‘ying. Menga juda ko‘p xat yozishyapti, “Hurmatli prezident, siz o‘zingiz Zomindansiz. Zomin tumani markazini Pishog‘arga ko‘chiryapsiz ekan. Unday qilmang, tuman markazi Zominning o‘zida qolsin”, – deyishyapti.
Men Zomin tumani markazini ko‘chirmoqchi emasman, Pishog‘ar aholi punktini obod qilmoqchiman. Zominliklar xotirjam bo‘lishsin”, – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
10:13 / 13.01.2025
Jizzaxda ilonni tiriklay yeb yuborgan shaxs jarimaga tortildi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024