Jahon | 15:52 / 03.11.2021
6227
1 daqiqa o‘qiladi

Amsterdamda uy qurishda yog‘ochdan foydalanish majburiy etib belgilandi

Bundan maqsad, ishlab chiqarish chog‘ida ko‘p miqdorda uglerod gazi ajralib chiqadigan po‘lat va beton kabi zararli materiallardan foydalanishni kamaytirishdir.

Foto: Dezeen

2025 yildan boshlab Niderlandiya poytaxtida barcha yangi uylar qurilishida yog‘ochdan foydalaniladi, deb yozadi Dezeen nashri.

Qayd etilishicha, Amsterdam hokimiyati Green Deal Timber Construction kelishuvini imzolagan. Unga ko‘ra, quruvchilar uy qurish jarayonida kamida 20 foiz yog‘och yoki boshqa ekologik sof materiallaridan foydalanishi shart bo‘ladi.

Bundan maqsad, ishlab chiqarish chog‘ida ko‘p miqdorda uglerod gazi ajralib chiqadigan po‘lat va beton kabi zararli materiallardan foydalanishni kamaytirishdir.

Amsterdam instituti tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu chora shaharda zararli chiqindilar ajralib chiqishini yiliga 220 tonnaga kamaytiradi.

Mavzuga oid