Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi viloyatda maktablar sifati eng yaxshi va yomon ekani ma'lum bo‘ldi. Bu hokimlar reytingini ham belgilaydi
Maktablar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri egalladi.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta'lim muassasalari reytingini e'lon qildi. Reytingda eng oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.

Reyting 207 ta tuman va shaharlarda joylashgan 9 622 ta maktab faoliyati tahlili asosida chiqarilgan, bu orqali viloyatlar, tuman shaharlardagi ta'lim sifatiga baho berilgan.
Maktab ta'limi sifati bo‘yicha tuman va shaharlar reytingida yuqori o‘ntalik:
- Navoiy shahri;
- Yakkasaroy tumani;
- Nukus tumani;
- Zarafshon shahri;
- Uchquduq tumani;
- Bektemir tumani;
- Mirobod tumani;
- Qorovulbozor tumani;
- Bo‘ston tumani;
- Yashnobod tumani.
Reytingdagi so‘nggi o‘ntalik:
- So‘x;
- Uzun;
- Beruniy;
- Chiroqchi;
- Dehqonobod;
- To‘rtko‘l tumanlari;
- Namangan shahri;
- Muzrabot tumani;
- Marg‘ilon shahri;
- Bo‘zotov tumani.
Ushbu reyting hokimlar va ularning ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga ham berilgan baho hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025