Jahon | 21:31 / 03.11.2021
6312
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq politsiyachi Nyu-York meri saylovlarida g‘alaba qozondi

AQShning Nyu-York shahri politsiyasining sobiq xodimi, AQSh Demokratik partiyasi a'zosi Erik Adams Nyu-Yorkning yangi meri bo‘ladi.

Foto: Reuters

Adams AQShning eng yirik shahri meri lavozimi uchun 2 noyabrda o‘tgan saylovlarda 66 foiz ovoz to‘plagan. Uning Respublikachilar partiyasidan raqibi Kertis Slivaga 28 foiz saylovchilar ovoz bergan.

Afroamerikalik Adams yangi lavozimdagi ishini 2022 yil 1 yanvardan boshlaydi. Shaharning amaldagi meri Bill de Blazio 8 yillik faoliyatidan keyin ushbu lavozimdan ketadi.

“Biz Nyu-York meri lavozimiga saylovlarda g‘alaba qozondik! Bu mening orzum edi va hammamiz sevadigan shaharni yangi mer sifatida bildirishimdan juda ham faxrlanaman”, deb yozgan Adams Twitter’da.

E'tiborlisi, Adams Nyu-York meri lavozimini egallaydigan ikkinchi qora tanli bo‘ladi. Ungacha bu lavozimni egallagan birinchi qora tanli Devid Dinkins bo‘lgan va u shaharga 1990-1993 yillar davomida rahbarlik qilgan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, Adams Nyu-York rahbari lavozimini shahar uchun eng yaxshi bo‘lmagan davrda egallamoqda. Misol uchun, u koronavirus pandemiyasidan keyin shaharni tiklashiga, tengsizlik, arzon uy-joy taqchilligi, davlat maktablari muammolari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Adams 2007 yildan 2013 yilgacha Nyu-York shtatidan senator bo‘lgan. Bungacha u 22 yil davomida Nyu-York politsiyasida ishlagan va kapitan unvonigacha ko‘tarilgan.

Mavzuga oid