O‘zbekiston | 11:36 / 04.11.2021
3256
3 daqiqa o‘qiladi

15 ta jinoyatni fosh qilgan Molli

Navoiyda Molli laqabli xizmat iti ko‘plab jinoyatlarni fosh qilishda IIB xodimlariga yordam bermoqda. U giyohvand moddalar bilan bog‘liq 15 ta jinoyatni fosh qilgan. Ushbu itni Navoiy viloyatidagi komissar Reks, desa ham bo‘ladi.

Navoiy viloyati IIB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limida hozirgi kunda 56 ta xizmat iti parvarishlanmoqda. Shundan 43 tasi nemis ovcharkasi bo‘lsa, 4 tasi Sharqiy Yevropa ovcharkasi. Ushbu itlarning 44 tasi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Xususan, ularning 19 tasi “iz-qidiruv”, 14 tasi giyohvand va 8 tasi portlovchi moddalar izlab topish, 3 tasi esa antiterror bilan “shug‘ullanadi”.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

“Asosan viloyathududidajoylashganyo‘l-patrulmaskanlari, blok-postlarda, avto va temir yo‘l vokzallarida hamda aeroportda xizmat olib boramiz. Xizmat davomida qo‘shni viloyat hamda qo‘shni davlatlardan aylanma yo‘llar orqali kirib keladigan giyohvand va portlovchi moddalar, o‘qotar qurollarni aniqlaymiz. Asosan nemis ovcharkasi va Sharqiy Yevropa ovcharkalaridan foydalanamiz. Itlar har kuni veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilib boriladi. Har bir xizmat itiga bir kunda 400 gramm go‘sht va 600 gramm guruchyokisuliyormasiberiladi”, — deydi Navoiy viloyati IIB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xizmatni tashkillashtirish bo‘linmasi boshlig‘i Akmal Qobilov.

Foto: Kun.uz

Ta'kidlanishicha, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida xizmat itlari bilan 332 marotaba voqea joyiga chiqilgan hamda 96 ta holatda jinoyatlar xizmat iti yordamida fosh qilingan. Xususan, Molli kabi itlarning yordamida 61 ta o‘g‘irlik, 27 ta giyohvand moddalar bilan bog‘liq, 1 ta qotillik, 1 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik jinoyatlari issiq izida fosh etilgan. Ushbu davrda itlar yordamida aniqlangan giyohvand moddalar miqdori 566 grammni tashkil qiladi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

“Molli bilan 5-6 yildan beri xizmat olib boraman. Ushbu davrda u 15 ga yaqin jinoyatni aniqlagan. Masalan, yaqinda Narpay blok-postida xizmat olib borayotgan paytimda Molli harakatlanib kelgan “Nexia” mashinasida giyohvand modda borligini aniqladi. Xizmat itimning sezuvchanligi juda kuchli. Izlab topishi ham yaxshi. Molli jahldor va o‘yinqaroq it bo‘lib, undan jinoyatlarni fosh qilishda samarali foydalansa bo‘ladi”, — deya ta'kidlaydi kinolog Davron Qurbonov.

Foto: Kun.uz

Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limida hududiy IIB organlarida faoliyat olib boruvchi kinologlarning malakasini oshirish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.

Mavzuga oid