Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik migrantlarga Rossiya qurilish obektlarida 40 ming rubllik ish taklif etilmoqda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Rossiyaning bir qator ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva oblastlari hamda Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.
Qayd etilishicha, fuqarolar nomiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi. Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta'minlanishi aytilgan.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi. Fuqarolarga qurilish sohasining 60 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar taklif etiladi.
Bildirilishicha, ushbu bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududlardagi filiallaridan olish mumkin.
Avvalroq, Moskva meriyasi qurilishda migrantlardan butunlay voz kechish rejasini ishlab chiqmoqchi ekani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025