Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 100 mln dollar ajratiladi
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Moliya vazirligiga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun 100 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy valutada 5 yil muddatga foizsiz beriladi.
Shuningdek hujjat bilan prezidentning ikkita qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezidentning 27 martdagi PQ-5041-son qarori 5-bandida Moliya vazirligiga mazkur qaror 4-bandiga asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln so‘m kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida respublika budjeti hisobidan 2026 yilda qoplanishini ta'minlash topshirildi. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga qoplanmagan mablag‘lar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.
Prezidentning 26 maydagi PQ-5125-son qarori 2-bandida ushbu qaror 1-bandiga muvofiq Moliya vazirligiga foizsiz ajratiladigan pul mablag‘larini qaytarish muddati 2026 yilga qadar uzaytirildi. Belgilanishicha, ajratilayotgan mablag‘larni qaytarish respublika budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025