Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madiyar Saidrahimov 4 karra jahon chempioniga yutqazib, bronza medali bilan kifoyalandi
Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yarimfinal bahslari yakunlandi.
-92kg vaznda o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov final uchun jangda 4 marta jahon chempioni, 2 marta Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan kubalik tajribali bokschi Xulio Sezar La Kruzga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang yakunida hakamlar kubalik sportchining 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi. Madiyar Saidrahimov bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
U avvalgi bosqichlarda belaruslik Vladislav Smyaglikov, qozog‘istonlik Aybek Oralbay va angliyalik Lyuis Uilyams ustidan g‘alaba qozongandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston boks jamoasi Serbiyaga 13 bokschi bilan borgandi. Lekin Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov ilk bosqichdayoq turnirni tark etdi. Odiljon Aslonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Shahobiddin Zoirov 1/8 finalda yurishini to‘xtatdi, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov chorak finaldan o‘ta olmadi.
Yarimfinalga o‘zbekistonlik bokschilardan faqat 2 nafari yetib keldi. Bungacha -60 kg vaznda Abdumalik Halokov finalga chiqib, kamida kumush medalni naqd qilgandi.
Mavzuga oid
10:14 / 03.11.2021
Boks bo‘yicha JCh. O‘zbekistonliklardan faqat ikki kishi yarimfinalga yetib keldi
02:15 / 01.11.2021
Boks bo‘yicha JCh. Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Madiyar Saidrahimov chorakfinalga yo‘llanma olishdi
20:00 / 29.10.2021