Jahon | 07:34 / 05.11.2021
4215
1 daqiqa o‘qiladi

Nigerda jangarilar hujumi oqibatida 60ga yaqin odam halok bo‘ldi

Niger g‘arbida terrorchi guruh jangarilari 60ga yaqin odamni o‘ldirdi. Bu haqda hujum sodir etilgan Tillaberi okrugi deputatiga tayanib France-Presse axborot agentligi xabar berdi.

Foto: nationworldnew

“Hujum vaqtida 60ga yaqin odam o‘ldirilgan, ular orasida Banibangu kommunasi meri ham bor. Yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan”, deb ma'lum qilgan deputat. Ta'kidlanishicha, hujum 2 noyabrda sodir etilgan.

Tillaberi okrugi Niger, Mali va Burkina-Faso davlatlari chegaralari tutashgan strategik hududda joylashgan. Afrikaning bu qismida “G‘arbiy Afrikada Islom davlati” terrorchi guruhi otryadlari harakat qiladi. 2017 yildan beri Tillaberida favqulodda holat rejimi amal qiladi.

Mavzuga oid