Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkning yangi meri dastlabki uch oylik maoshini kriptovalutada oladi
Avvalroq Erik Adams shaharning o‘z raqamli valutasini yaratish istiqbolini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Nyu-Yorkning yangi saylangan meri Erik Adams dastlabki uch oylik maoshini bitkoinda olishni rejalashtirmoqda, kelajakda esa shaharni kriptovalutalar markaziga aylantirmoqchi.
“Nyu-Yorkda doimo oldinga intilamiz, shuning uchun dastlabki uch oylik maoshimni bitkoinda olishni rejalashtiryapman,. Nyu-York kriptovalutalar va boshqa innovatsion sanoat markaziga aylanadi. Kuting!”, – deb yozdi Adams Twitter sahifasida.
Uning bu posti birinchi oylik maoshini bitkoinda olishni istayotganini yozgan Mayami meri Frensis Suaresga javob tariqasida yozildi.
Avvalroq Erik Adams Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Nyu-Yorkda “bitkoin rivojlanishiga to‘siq” ko‘rayotganini va MiamiCoin kabi shaharning o‘z raqamli valutasini yaratish istiqbolini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq politsiyachi Erik Adams 2 noyabr kuni Nyu-York merligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
17:12 / 14.03.2025