Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda MFY raislari tunda majlisga chaqirilgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida MFY raislari tungi vaqtda majlisga chaqirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlar bo‘yicha Mehnat vazirligi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanida MFY raislarining tunda majlisga chaqirilgani bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holatga aloqador xodimlardan tushuntirish xatlari olinganda MFY raislariga rahbariyat tomonidan soliq yig‘ish bo‘yicha topshiriq bo‘lmaganini hamda yig‘ilish 17:30 da tugaganini bayon qilishgan.
«Yuqoridagilarga muvofiq, maqolada ko‘rsatib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shuningdek, ish beruvchilarga Mehnat kodeksining 7-, 157-moddasi talablariga rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berildi», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi
16:49 / 28.03.2024
Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30 mart kuni chaqiriladi
08:13 / 28.09.2023