Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda profilaktika inspektori kanalda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi
Internetda Toshkent shahar IIBB xodimi cho‘kayotgan kishiga yordam ko‘rsatgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur fakt bo‘yicha ma'lumot berdi.
30 sentyabr kuni soat taxminan 21:30larda 37 yoshli M.M. mast holatda bo‘la turib, ehtiyotsizlik oqibatida Sergeli tumani «Qorasuv» mahallasi hududida oqadigan kanalga tushib ketgan.
Suvdan mustaqil chiqa olmagan fuqaro atrofdagilarni yordamga chaqirgan. Shu vaqtda o‘sha hududdan o‘tib ketayotgan Sergeli tumani IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori, leytenant Alibek Maxmarayimov chaqiriqni eshitib yordamga kelgan.
Suvda cho‘kayotgan kishini ko‘rgach, xodim fuqaroga suvdan chiqishda yordamlashgan. Leytenant A. Maxmarayimov voqea joyiga «tez yordam» chaqirgan va fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari, suv havzalari yaqinida ehtiyot bo‘ling”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
10:02 / 10.04.2025