Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga o‘z hududi, Hongkong va Makaoga kirishni taqiqlaydi
Xitoy hukumati Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga Xitoyning qit'adagi qismiga hamda mamlakatning maxsus hududlari Hongkong va Makaoga kirishni taqiqlaydi. Bu haqda Xitoy davlat kengashida Tayvan masalalari bo‘yicha devonxona vakili Chju Fenlyan ma'lum qildi.
“Xitoy o‘z qonunlariga ko‘ra Tayvan mustaqilligining “ashaddiy” tarafdorlariga intizomiy choralar qo‘llaydi, ularga va ularning oila a'zolariga mamlakatning qit'adagi qismiga va maxsus ma'muriy hududlari bo‘lgan Hongkong va Makaoga kirishni taqiqlaydi”, deb aytgan amaldor.
Bundan tashqari, bunday toifadagi odamlarga Xitoydagi tashkilotlar yoki xususiy korxonalar bilan hamkorlik qilish va daromad olish taqiqlanadi. Pekin, shuningdek, ularni jinoiy javobgarlikka tortishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025