Light | 23:26 / 06.11.2021
19478
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokor qondagi qand miqdorini 25 foizga kamaytiradigan mahsulotni aytdi

Kuniga ikki-uch dona sarimsoqpiyoz iste'mol qilish “yomon” deb ataluvchi LPNP-xolesterinini kamaytiradi va yurak xuruji yoki insult xavfini ham 25 foizga pasaytiradi. 

Foto: Getty Images

Angliyalik vrach Sara Bryuer qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beradigan mahsulotni aytdi, deb yozadi Express.

Bryuerning so‘zlariga ko‘ra, sarimsoqpiyozda ajoyen moddasi bo‘lib, u qondagi qand darajasini 25 foizga pasaytirishga yordam beradi.

Kuniga ikki-uch dona sarimsoqpiyoz iste'mol qilish “yomon” deb ataluvchi LPNP-xolesterinini kamaytiradi va yurak xuruji yoki insult xavfini ham 25 foizga pasaytiradi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, taomga sarimsoqpiyoz o‘rniga sarimsoqpiyoz moyini qo‘shish mumkin.

Avvalroq doimiy charchoq va hojatxonaga tez-tez qatnash qandli diabet rivojlanayotganidan darak berishi ma'lum bo‘lgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid