O‘zbekiston | 09:53 / 08.11.2021
2537
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi bog‘chada bir guruh ayollar ishtirokida ommaviy janjal sodir bo‘ldi

Foto: nasafnews

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi bog‘chada bir guruh ayollar ishtirokida ommaviy janjal sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, Nishon tumanidagi 1-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan viloyat MTB ishchi guruhi tuzilgan va holat o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Nishon tumanida joylashgan 1-sonli davlat bog‘chasida janjal 1 noyabr kuni sodir bo‘lgan va unda bog‘cha mudirasi ham ishtirok etgan.

Janjalga bog‘cha mudirasining tarbiyachilardan birini ishdan bo‘shatishi sabab bo‘lgan. Ishdan bo‘shatilgan tarbiyachining yaqinlari bog‘chaga borib mudira bilan janjallashgan. Oqibatda ommaviy janjal kelib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bog‘chadan xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlab chiqib ketayotganda tarbiyachilar tomonidan ushlangani aks etgan videolavha tarqalgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid