Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gruziya bilan umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi». Eldor Shomurodov Iordaniyadagi mag‘lubiyat sababi, Mourino va Katanets uslubi hamda Gruziya haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 8 noyabr kunidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Bugun, 9 noyabr kuni milliy jamoa safiga legionerlar ham yetib kelishdi. Milliy jamoaning «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan ertalabki mashg‘ulotida Tribuna.uz muxbiri ham qatnashib, Eldor Shomurodovning fikrlari bilan qiziqdi.
- Eldor, yig‘in doirasidagi raqib Gruziya milliy jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Birinchi navbatda aytish kerak, Gruziya – Yevropa jamoasi sanaladi. Shu bois ularni kuchli raqiblardan biri deya olaman. Tarkibida yaxshi o‘yinchilarga ega jamoa. Biz uchun foydali o‘yin bo‘ladi.
- Faoliyatingizda golsiz seriyalar bo‘lgan, so‘nggi o‘yinda esa yana gol urishga muvaffaq bo‘ldingiz. Bu bilan yana golli seriyalar boshlandi, desa bo‘ladimi?
- Endi hammasi Xudodan. Har doim gol urish uchun maydonga tushib, shunga harakat qilamiz.
- Murabbiy haqida nima deya olasiz?
- Mistermi? Katanets bilan ham hammasi yaxshi, barcha bilan chiqishib ketdilar. Hozir tayyorgarlik ko‘ryapmiz, mashg‘ulotlari ham qiziq.
- Iordaniyaga qarshi mag‘lubiyatli o‘yin (0:3) muammolarimizni to‘liq ko‘rsatdimi?
- Bunday demagan bo‘lardim. Chunki u yerda futboldan tashqari muammolar ham bo‘ldi. To‘g‘ri, eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsata olmadik, ammo o‘sha o‘yindan ham kerakli xulosalarni olamiz. Hozir aniq ayta olamanki, Gruziya bilan umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi.
- «Roma»da ham, O‘zbekiston milliy jamoasida ham yevropalik tajribali murabbiy qo‘l ostida to‘p surayapmiz. Katanets va Mourinoning o‘xshashlik va farqli jihatlari nimada?
- Har bir murabbiyni o‘z o‘yin uslubi bor. Albatta, katta farq bor. Lekin milliy jamoada milliy jamoa uchun, klubda klub uchun harakat qilamiz, - deya Eldor Shomurodovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlab Toshkentda, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Xorijdagi yig‘in doirasida 15 noyabr kuni Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini belgilangan. Uchrashuv Tbilisidagi «Boris Paichadze» stadionida soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025