Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada Belarus bilan chegarada favqulodda holat rejimini joriy etish ma'qullandi
Favqulodda holat rejimini 10 noyabrdan boshlab bir oyga kiritish taklif qilinmoqda.
Litva vazirlar mahkamasi mamlakat ichki ishlar vazirligining Belarus bilan chegarada favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifini ma'qulladi. Ushbu qaror mamlakat seymi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Favqulodda holat rejimini 10 noyabrdan boshlab bir oyga kiritish taklif qilinmoqda. Rejim Litva-Belarus chegarasi bo‘ylab 5 km masofada, registratsiya punktlari, migrantlar joylashgan hududlarda amal qiladi.
Favqulodda holat vaqtida Litvaga kirib kelgan va bu yerda joylashgan migrantlar yozishma, telefon orqali muloqot qilish hamda aloqa va axborot almashishning boshqa vositalaridan foydalanish huquqidan mahrum etiladi.
Avvalroq chegarani qo‘riqlashning kuchaytirilgan rejimi joriy etilgandi.
YeI va Belarus chegarasidagi vaziyat Polsha-Belarus chegarasida Yaqin Sharq va Afrikadan kelgan yuzlab migrantlar to‘planganidan so‘ng murakkablashdi. Germaniya huquqni himoya qilish organlari Belarusga har kuni 800-1000 nafar migrant kelayotganini taxmin qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 8 noyabr kuni migrantlar xodalar bilan chegaradagi simto‘siqlarni buzishga harakat qilishgan. Polshalik chegarachilar ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025