O‘zbekiston | 12:55 / 09.11.2021
4606
4 daqiqa o‘qiladi

«Psixotrop moddalarni ochiqchasiga sotish urfga aylanib boryapti» — Alisher Sa'dullayev bilan jonli suhbatdan muhim iqtiboslar

Kun.uz yoshlar kanalida Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev bilan bo‘lib o‘tgan jonli suhbatdan muhim iqtiboslarni taqdim etamiz.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz yoshlar kanali 7 noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev bilan jonli suhbat tashkil etdi. Kun.uz jonli audiochatda hukumatdagi eng yosh rahbar tomonidan aytilgan eng muhim iqtiboslarni jamladi.

«Yoshlarning xohish-istagi oldingidek hokim, vazir yoki boshqa mutasaddi rahbarlarning qabuliga kelib hal qilinishi kerak emas, ularning murojaatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltira oladigan tizim bo‘lishi kerak».

«Tizim rivojlanishi uchun u inson omilidan xoli va raqamlashishi kerak. Biz hozir tizimni maksimal darajada raqamlashtiryapmiz».

«Til o‘rganish, bilim olish istagida bo‘lgan, ammo imkoniyati cheklangan yoshlar «Yoshlar daftari» platformasida ro‘yxatdan o‘tib, bepul ta'lim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari mumkin. Bu uchun 100 milliarddan ortiq mablag‘ ajratilgan».

«Vaqti kelib, boshqarma boshliqlari ochiq tanlovdan o‘tib, keyin vazir o‘rinbosari yoki vazir darajasiga yetishadi».

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imkoniyat yaratish yaxshi. Lekin imkoniyatni to‘liq yaratishimiz kerak. Unga ishlash tartibi, ishlash tizimi, oyligi, ijtimoiy ta'minotini normallashtirish, umuman, yoshlar rivojlanishi uchun «kareraviy o‘sish»ni yaratib berishimiz kerak, agar bu bo‘lmasa, yoshlar ketib qoladi».

«Har bir tumanning o‘z budjeti bor. Ular o‘zining bilimli yoshlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Endi tuman hokimlari orttirilgan budjet mablag‘lari orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlasin».

«Agar Oksford, Harvard kabi jahon universitetlaridan zo‘r bir kadrni olib kelib, unga bitta kompyuter bilan printerni berib, shu tekstni yozsang, mana shu seni ishing deb ko‘rsatsangiz, to‘g‘risi, uning motivatsiyasi «o‘ladi». Uning uchun motivatsiya — qaysidir sohani isloh qilish, ta'limda yoki iqtisodda nimadir o‘zgartirish kiritish. Biz mana shunday yondashuvni shakllantira olsak, davlat boshqaruviga yoshlarning kelishi ko‘payadi».

«Nimaga ba'zi hududlarda nogiron bolalar ko‘payyapti? Biz nogiron chaqaloqlar ko‘payishiga qarshi kurashishimiz kerak, tahlil qilishimiz kerak. Boisi, ertaga ular potensial muammoli shaxs bo‘lib yetishib chiqadi. Bu bo‘yicha tahlillar bor, lekin uni ochiqlash masalasi hali chala yotibdi».

«Mening oxirgi yillardagi eng og‘riqli muammom – psixotrop moddalar. So‘nggi paytlarda shaharda psixotrop moddalarni ochiqchasiga sotish urfga aylanib boryapti».

«Yoshlar portaliga kirib, barcha vazirlik, idoralarga murojaat qilish va o‘z g‘oyalarini yuborish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yoshlar uchun yil davomida yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish tizimi yaratilgan».

«Yoshlarning siyosatga kirib kelishida, birinchi navbatda, ularni siyosatga to‘g‘ri tayyorlab, davlat boshqaruviga tayinlash mexanizmi endi paydo bo‘lyapti».

Yoshlar, keyingi suhbatlar kim bilan bo‘lishini xohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid