Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda shifoxona xodimlari tibbiyot birlashmasi hovlisini tozalashda ishlatilgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida shifoxona xodimlari tuman tibbiyot birlashmasi hovlisini tozalashda ishlatilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mehnat vazirligi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumanida shifoxona xodimlari tuman tibbiyot birlashmasi hovlisini tozalashda ishlatilgani aytilgan xabarlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.
«O‘rganish davomida Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi xodimlaridan tushuntirish xatlari olganda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar xabarga aloqador emasligi hamda xodimlarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish bo‘yicha rahbariyat tomonidan topshiriq bo‘lmaganligini bayon qilishdi. Yuqoridagilarga muvofiq, postda ko‘rsatib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi», deyiladi munosabatda
Qayd etilishicha, ish beruvchilarga Mehnat kodeksining 7 va 157-moddasi talablariga rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tushuntirishlar berilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
19:37 / 23.04.2025