Suv tanqisligi O‘zbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish kamayishiga sabab bo‘lmoqda
2021 yilda suv tanqisligi tufayli O‘zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi. Bu esa iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, deb ma'lum qildi Energetika vazirligi.
GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Izohlanishicha, bu – gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ehtiyojni to‘liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligiga olib kelgan.
“Demak, 2019 yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.
Mazkur 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi iste'molchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash mumkin”, – deya qayd etdi O‘zbekiston Energetika vazirligi.
Ma'lum qilinishicha, eoriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to‘planmagani nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni respublikalarda ham kuzatilmoqda.
“Shunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda”, – deyiladi rasmiy relizda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondagi yirik “Toqtogul” suv omborida suv sathi “o‘lik chegara”gacha tushishi mumkinligi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
16:42 / 03.11.2024
Nyu-York shahri rasmiylari qurg‘oqchilik tufayli aholini suvni tejashga chaqirdi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:29 / 29.10.2024