«O‘zbek futboli so‘nggi yillarda ancha pastlab ketgandi». Otabek Shukurov yangi o‘yin uslubi, murabbiy va himoyadagi kamchiliklar haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 8 noyabr kunidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. 9 noyabr kuni milliy jamoa safiga legionerlar ham yetib kelishdi. Milliy jamoaning «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan ertalabki mashg‘ulotida Tribuna.uz muxbiri ham qatnashib, Otabek Shukurovning fikrlari bilan qiziqdi.
– Otabek, tayyorgarlik jarayoni va chet ellik murabbiy haqida nimalar deya olasiz?
– Avvalambor, assalomu alaykum. Milliy jamoada yangi tayyorgarlik jarayonini boshlab oldik, Xudoga shukur. Bu yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi 3-yig‘inimiz hisoblanadi. Biz hozir ko‘proq yangi murabbiyning o‘yin uslubini o‘rganish jarayonidamiz. Bu murabbiy ancha qattiqqo‘l. U ko‘proq bizning agressiv futbol o‘ynashimizga e'tibor qaratyapti, buni bosqichma-bosqich o‘rganib boryapmiz. Xudo xohlasa, milliy jamoani eng yuqori sport formasiga olib chiqamiz.

– Milliy jamoada muhit qanaqa?
– Muhit ajoyib, baribir yangi murabbiy qo‘l ostida bo‘lganimiz yaxshi bo‘ldi. To‘g‘risi, o‘zbek futboli so‘nggi yillarda ancha pastlab ketgandi. Futbolchilarga esa murabbiyning o‘zgargani va futbol uchun qilinayotgan ishlar katta ishonch beradi.
– Iordaniyaga qarshi o‘yinda markaziy zona va himoya chizig‘ida bo‘shliqlar kuzatildi va ko‘p xatolar bo‘ldi. Jumladan, sizning pozitsiyangizda ham. Murabbiy bu haqda nimalar dedi va buning ustida ish olib borilyaptimi?
– Himoyada muammolarimiz borligi haqida faqat men emas, murabbiyimiz ham o‘z intervyusida ta'kidlab o‘tdi. Biz o‘zbek futbolida, asosan, paslar orqali chiroyli o‘yin namoyish etishga harakat qilar edik. O‘yinni ko‘rib chiqishimizdan oldin murabbiyimiz bir narsani alohida ta'kidladi: «Chiroyli o‘yin bo‘lmasa ham, natijani yaxshi qilib, hisob uchun o‘ynashimiz kerak. Hujum chizig‘idagi o‘yinimizni kuchaytirsak, gollar uramiz va bu natijaga ta'sir qiladi». Tabiiyki, hujumga o‘tib ketsangiz, himoya bo‘sh qoladi va shu sabab unda muammolar yuzaga keladi. Gol o‘tkazib yuborganimiz ham shundan. Lekin bundan buyog‘iga himoyadagi o‘yinimizni ham yaxshilab, muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz, - deya Otabek Shukurovning so‘zlarini keltirgan Tribuna.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlab Toshkentda, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Xorijdagi yig‘in doirasida 15 noyabr kuni Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini belgilangan. Uchrashuv Tbilisidagi «Boris Paichadze» stadionida soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

12:15 / 01.02.2025
Ispaniya futbol federatsiyasining sobiq prezidenti sudga tortiladi

10:07 / 08.01.2025