Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada rahbarlar ish vaqtidan keyin xodimlarini bezovta qilishini taqiqlaydigan qonun qabul qilindi
Portugaliyada masofadan ishlash qoidalari qabul qilindi. Ishdan keyin xodimlarga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlanadi, ammo ular messenjerlarini o‘chirmasligi kerak bo‘ladi. Kompaniyalar xodimlarning elektr va internet xarajatlarini qoplab berishlari kerak.
Portugaliya parlamenti uyda ishlash normalari haqida qonun qabul qildi, deya xabar bermoqda Associated Press. Endilikda rahbarlar o‘z xodimlariga ish vaqtidan boshqa paytlarda qo‘ng‘iroq qilishi taqiqlanyapti. Favqulodda holatlar bundan mustasno.
Xodim o‘zini butunlay izolyatsiyada qolgan deb his qilmasligi uchun ish beruvchi u bilan har ikki oyda bir marta shaxsan uchrashishi shart. Kompaniyalar xodimlarning elektr va internet xarajatlarini qoplab berishlari kerak. Agar xodimning sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lsa, u rahbari bilan oldindan kelishmagan holda ham uyda qolishi mumkin.
Yangi talablar shtatdagi xodimlari 10 kishidan ortiq bo‘lgan kompaniyalar uchun amal qiladi. Qonun buzilishining og‘irlik darajasiga qarab 612 yevrodan 9 690 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.
Portugaliya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Ana Mendes Godinyoning aytishicha, yangi qoidalar, jumladan, masofadan turib ishlaydigan va yashash joyini o‘zgartirish istagida bo‘lgan yuqori malakali chet elliklarni mamlakatga ko‘proq jalb qilishga yordam beradi.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
17:12 / 28.04.2025