Urganchda avtomashina yukxonasidan juda katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qidirilmoqda
Xorazm viloyati, Urganch shahrida juda katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qidirilmoqda.
Xorazm viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 14 sentabr kuni Urganch shahridagi «Darital» savdo majmuasi oldida turgan avtomashina yukxonasidan 95 mln so‘m miqdorda pul o‘g‘irlangan.
Shu joydagi videokameraga olingan lavhada boshida oq shapka, egnida sportcha kostyum va shim kiygan erkak kishining pul solingan katta qutini ko‘tarib, olib ketayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu shaxs o‘g‘rilikni sodir qilganlikda gumonlanmoqda.
Tezkor qidiruv tadbirlariga qaramasdan, bu erkakning shaxsi aniqlanmasdan qolmoqda. U boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘lishi ham mumkin.
Xorazm viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi ushbu shaxs haqida ma'lumotga ega bo‘lganlardan yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ramoqda. Ma'lumot bergan kishining shaxsi sir saqlanishi kafolatlangani va tegishli tartibda mukofotlanishi aytilmoqda.
Mavzuga oid

20:24 / 02.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025