Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida havo xavfli darajada ifloslangani sababli maktab va tashkilotlar yopilmoqda
Nyu-Dehli va uning atrofidagi Gurgaon, Noida va G‘oziobod shaharlarida 5 noyabrdan buyon havo sifati keskin yomonlashgan. Aholi havo yetishmasligi va ko‘z qichishishidan shikoyat qilmoqda, tibbiyot muassasalariga murojaatlar soni ko‘paygan.
Dehli poytaxt okrugi hokimiyati shaharda havo xavfli darajada ifloslangani sababli cheklovlar kiritadi. Bu haqda Hindiston poytaxti bosh vaziri Arvind Kejrival ma'lum qildi.
«Dushanbadan boshlab, bir hafta davomida barcha maktablar yopiladi, o‘quvchilar virtual shaklda ta'lim oladi. Shahardagi barcha qurilish ishlari 14 noyabrdan 17 noyabrgacha to‘xtatiladi», — dedi u.
Kejrivalning qo‘shimcha qilishicha, barcha davlat muassasalari bir hafta davomida masofadan ishlash rejimiga o‘tadi.
Nyu-Dehli va uning atrofidagi Gurgaon, Noida va G‘oziobod shaharlarida 5 noyabrdan buyon havo sifati keskin yomonlashgan. Aholi havo yetishmasligi va ko‘z qichishishidan shikoyat qilmoqda, tibbiyot muassasalariga murojaatlar soni ko‘paygan.
Hindiston poytaxtida havo ifloslanishining asosiy sababi shahar atrofidagi dalalarda kuzgi hosil yig‘ishtirib olinganidan so‘ng somonlarning yoqib yuborilishidir. NDTV telekanalining xabar berishicha, juma kuni kechqurun poytaxt atrofidagi dalalarda 4 mingdan ortiq yong‘in qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda
18:37 / 14.06.2024