O‘zbekiston | 11:00 / 13.11.2021
4016
2 daqiqa o‘qiladi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Qarshida o‘tkazilgan sanoat yarmarkasida 80dan ortiq hamkorlik memorandumlarini imzoladi

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to‘qimachilik hamda charm-poyabzal sanoati” mintaqaviy sanoat yarmarkasi o‘z ishini yakunladi. Unda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ham faol ishtirok etdi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

Sanoat yarmarkasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 160 turdagi mahsulotlar namoyishi tashkil qilindi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

Ta'kidlash lozimki, 2021 yilda mahalliylashtirish dasturi asosida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari tomonidan 98 turdagi mahsulot ishlab chiqarilishi lozim edi, ushbu belgilangan vazifa muvaffaqiyatli bajarildi. 2022 yilda dastur doirasida 116 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

Sanoat yarmarkasi doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari tomonidan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha 80 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

Yarmarkani tashkil etishdan asosiy maqsad mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari bilan yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari AJ

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid