Jahon | 23:30 / 14.11.2021
8026
2 daqiqa o‘qiladi

Airbus 255 ta A321 samolyotidan yetkazib berishga shartnoma imzoladi

Foto: Airbus

Airbus konserni Dubay aviasalonida Indigo Partners investitsion jamg‘armasi egalik qiluvchi bir qator aviakompaniyalar bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Shartnoma doirasida aviakonsern 4 ta aviakompaniya — Wizz Air, Frontier, Volaris va JetSMART’ga tor fyuzelyajli A321 samolyotidan 255 ta yetkazib beradi.

Kompaniyalarga samolyotning A321neo va A321XLR modellari yetkaziladi. Jumladan, Vengriyaning Wizz Air kompaniyasi 102 ta, AQShning Frontier kompaniyasi 91 ta, Meksikaning Volaris kompaniyasi 39 ta va Chilining JetSMART kompaniyasi 23 ta samolyot oladi.

Bundan tashqari, shartnoma doirasida Volaris va JetSMART avval buyurtirgan 38 ta A320neo samolyoti o‘rniga A321’dan olishga qaror qilgan.

Bitim qiymati ma'lum qilinmagan. Biroq Airbus’ning 2018 yilda chop etilgan oxirgi katalogiga ko‘ra, 255 ta samolyot 4 ta aviakompaniyaga taxminan 33 mlrd dollarga tushadi. Biroq yirik buyurtmalarda samolyotlarga deyarli har doim chegirma beriladi va shu sababli shartnoma qiymati ushbu summadan kamroqni tashkil qilishi ham mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid