Jahon | 09:30 / 14.11.2021
7219
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Hindistonga S-400 majmualarini yetkazishni boshladi

Rossiya Hindistonga S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazishni boshladi. Bu haqda Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.   

Foto: TASS

Hindiston Xitoy va Turkiyadan keyin ushbu majmuani sotib olgan uchinchi davlatga aylandi.

Rossiya va Hindiston S-400 yetkazilishi bo‘yicha shartnomani 2018 yilda imzolagan. 5,43 mlrd dollarlik shartnomaga ko‘ra Rossiya Hindistonga S-400’dan 5 ta polk komplektini yetkazadi.

AQSh shartnomaga faol qarshilik ko‘rsatgan va xaridorlarga qarshi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgan. 

S-400 “Triumf” majmuasi 2000-yillar boshida ishlab chiqilgan va Rossiya armiyasi tomonidan 2007 yilda qurollanishga olingan. Shundan keyin majmua bir necha marta modernizatsiya qilingan. Majmua havo hujumini olib boruvchi vositalar, jumladan samolyotlar, ballistik raketalar va gipertovushli qurolga qarshi mo‘ljallangan. U 250 km uzoqlikdagi va 25 km balandlikdagi nishonlarni ura oladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid