Jahon | 15:28 / 15.11.2021
5581
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq Belarusdan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketadi

Avvalroq Iroqning Iraqi Airways milliy aviakompaniyasi Belarus poytaxti Minskka parvozlarni tiklamaslikka qaror qilgandi.

Foto: Leonid SHCHeglov/BelTA/TASS

Iroq hukumati Polsha va Belarus chegarasidagi o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishni boshlaydi. Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik vakili Ahmad as-Sahhofning so‘zlariga ko‘ra, Belarusdagi vaqtinchalik lagerlarda 571 nafar Iroq fuqarosi borligi aniqlangan.

Avvalroq Iroqning Iraqi Airways milliy aviakompaniyasi Belarus poytaxti Minskka parvozlarni tiklamaslikka qaror qilgandi.

Shuningdek, Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Minskka reyslariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini qo‘ymasligini ma'lum qilgan. Bunga Polsha-Belarus chegarasidagi migratsion inqiroz sababchi.

Yozda Belarusning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan chegarasida G‘arbiy Yevropaga o‘tishga urinayotgan Yaqin Sharq va Afrikadan qochqinlar oqimi ko‘paygandi.

8 noyabrda Polsha va Belarus chegarasida 2 mingga yaqin qochqin yig‘ilgandan keyin vaziyat keskin tus olgan. Polshalik harbiylar qochqinlarning chegarani yorib o‘tishga qaratilgan bir nechta urinishlarining oldini olishgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid