O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini qayta tiklashni boshladi

Foto: unmissions
O‘zbekiston Mozori Sharif xalqaro aeroportini tiklash ishlarini olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ma'lum qildi.
Mozori Sharifga 30 nafar texnik mutaxassislardan iborat guruh jo‘natilgan, ular obektni qayta tiklash ishlarini amalga oshiradi.
Balx viloyati gubernatori Qudratulloh Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar transafg‘on temir yo‘li loyihasi, elektr energiyasi yetkazib berish uchun kredit taqdim etish masalalarini ham muhokama qilgan.

Afg‘oniston aviatsiya va transport vaziri o‘rinbosari Hasibulla Suroshning so‘zlariga qaraganda, o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan barcha aviatsiya texnikasi, dispetcherlar minorasi, o‘t o‘chirish punkti, yorug‘lik tizimlari ishini tashkil etishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, 83 nafar aeroport xodimi malaka oshirish uchun O‘zbekistonga keladi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammitidagi nutqida Afg‘oniston masalasiga yana bir bor to‘xtalgandi.
Mavzuga oid

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025