Jahon | 20:40 / 15.11.2021
11880
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Ingushetiyadan chechen yerlarini kuch bilan qaytarib olishi mumkinligini aytdi

2018 yil sentyabrda Checheniston Ingushetiyaga Nadterechniy rayonini bergan, Ingushetiya Chechenistonga Malgobek rayoni chegarasidagi hududni bergan. Bu Ingushetiyada norozilikni keltirib chiqargan va Yunus-Bek Yevkurovning o‘z o‘rnini bo‘shatishiga sabab bo‘lgandi.

Foto: RIA Novosti

Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov chechenlar ingushlardan “chechen yerlari”ni kuch bilan qaytarib olishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Baza telegram kanali.

«Biz ularning hududi kichikligi va qardoshligimiz uchun Dudayev bergan hududlarni ularda qoldirgandik. Agar butun hududni olib qo‘yganimizda, ularda respublika qolmasdi. Bu bizning zararimizga bo‘lsa ham ularga yaxshilik qilganmiz», — degan Qodirov. 

“Agar tinchlanmasangiz, Dudayev sizlarga noqonuniy ravishda bergan hamma narsani qaytarib olaman – bu yaxshi bo‘lmaydi. Bizda hammasini qaytarib olish uchun kuch yetarli, ammo biror qadam tashlamadik, biror so‘z demadik”, - deya qo‘shimcha qilgan Checheniston prezidenti.

1993 yilda Ingushetiya va Chechenistonning o‘sha vaqtdagi rahbarlari Ruslan Aushev va Johar Dudayev Sunjyen rayoni Ingushetiyaga o‘tishi to‘g‘risida kelishuv imzolagan. Ammo chegara demarkatsiyasi amalga oshirilmagan va 2012 yilda Ramzon Qodirov federal markazdan Ingushetiya bilan ma'muriy chegara belgilanishini so‘ragan.

2018 yil sentyabrda Ingushetiya rahbari Yunus Bek Yevkurov va Ramzon Qodirov chegara belgilanishi to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekkan. Hujjatga muvofiq, Checheniston Ingushetiyaga Nadterechniy rayonini bergan. O‘z navbatida Ingushetiya Chechenistonga Malgobek rayoni chegarasidagi hududni bergan.

Bu Ingushetiyada norozilikni keltirib chiqargan va Yunus Bek Yevkurovning o‘z o‘rnini bo‘shatishiga sabab bo‘lgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid